Fransiya poytaxti Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan  ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.  "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadbir doirasida Parij shahridagi YSchools universiteti bilan Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlikda mobillik…
#IJARA "Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti guruh tyutori M.Tilavov talabalarning ijara xonadonlarida bo‘lib, ular bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi va yashash shart-sharoitlarini yaqindan o‘rganib kommunal xizmatlardan foydalanishda zarur bo‘ladigan tavsiyalarini berdi.
10-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat jamoasi Buxorodagi qator tarixiy joylarni ziyorat qilishdi. Universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ziyorat davomida jamoamiz Labi hovuz, Buxoro Ark saroyi, Minorai Kalon, Sitorai Mohi Xossa, Bahovuddin Naqshband kabi ziyoratgohlarda…
“Ipak yo‘li” turizm madaniy merosi xalqaro universiteti yotoqxonasida “Biz yoshlar ommaviy madaniyatga qarshimiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Yotoqxona talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda turli xildagi savollarga javob berishdi. O‘yin yakuni bilan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Universitet vakillari Yevropa mamlakatlarining ilg'or tajribalarini o'rganish hamda o'zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 10-14 mart kunlari L' Aquila Universiteti (Italiya)da o'tkazilishi rejalashtirilgan Erasmus+ dasturining "QUARTZ - O'zbekistonda Oliy ta'lim muassasalarini isloh qilish, o'zgartirish va sifatini ta'minlash" loyihasi doirasida loyiha hamkorlarining uchinchi muvofiqlashtirish seminarida ishtirokini boshladi.
Bugun 7-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida “Ayolga ehtirom” nomli tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlardan iborat universitetimiz professor-o‘qituvchilari, turizm sohasi fidoyilari, ommaviy axborot vositalari vakillari  hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha turizm sohasida faoliyat ko‘rsatib…
8 dan 366 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar