Shu kunlarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doiarasida oliygohimiz talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish  hamda ularni tariximizni yanada chuqurroq o‘rganishini tashkil qilish maqsadida shahrimizdagi tarixiy obidalarga sayohati tashkil qilindi.  Asosan bir guruh birinchi bosqich talabalari Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurib ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan asori atiqalar bilan yaqindan…
Universitetimizning Talabalar turar joyida turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil qilib  kelinayapti. Ana shunday davra suhbatlaridan biri yaqinda birinchi bosqich talabalari uchun tashkil qilindi. Uchrashuvda Samarqand shahridagi “Gedeon Rixtor” mas’uliyati cheklangan jamiyati shifokori, endikrinolog Zilola Adizova talaba-qizlar bilan yaqindan muloqot qildi. Muloqot jarayonida mutaxassis talaba-qizlarga o‘z tavsiyalarini berish bilan birga, qiziqtirgan…
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra dotsenti Saodat Jalolova “O‘zbekiston Respublikasi turizm obyektlarining katalogini raqamlashtirishning turizm rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish” dasturi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining guvohnomasiga ega bo‘ldi.
Universitetimizning “Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi” katta o‘qituvchisi O.Nabiyev “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchi va o‘quvchilariga “Chet tillarini o‘qitishning zamonaviy metodlari” va “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish” mavzusida seminar hamda davra suhbati o‘tkazdi. Ushbu tadbirlarda o‘qituvchimiz tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda ko‘proq…
“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining yosh va faol o'qituvchisi Xusen Ibragimov Portugaliyaning Aveiro universitetida o‘tkazilgan O'zgarmas energiya va barqaror turizm bo'yicha II xalqaro seminarda 1995-2023-yillar davomida dunyoning 200 ta mamlakatida barqaror turizmning asoslarini aniqlash bo'yicha ilmiy tadqiqoti bilan faol ishtirok etdi. Bundan tashqari o‘qituvchimiz Ispaniyaning Alikante universitetida…
Prezidentimizning 2024-yil 21-fevral kuni “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar hamda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 23-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ma’muriy  masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov  Samarqand shahar “Semurg‘” mahallasida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashdi.…
58 dan 340 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar