Jahon hamjamiyati tomonidan “Turizm makkasi” deb e’tirof etilayotgan qadimiy va navqiron Samarqand shahrida turizm infrasturkturasi yildan yilga o’sib, rivojlanib bormoqda. Respublika miqyosida bu sohani yanada rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy bo’ginlaridan biriga aylantirishda, gastronomic turizm, ziyorat turizmi, eko turizm, agro turizm, sport turizmi va boshqa shu kabi turizm sohalarining taraqqiy etishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari, innovatsion g’oyalarning o’rni beqiyos. Shu maqsadda turizm sohasida yoshlarning innovatsion g’oyalarini rivojlantisirsh hamda amaliyotda joriy qilishga ko’maklashish maqsadida “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2022-yil 25- fevral kuni bo’lib o’tadigan “Eng yaxshi startap loyihasi” ko’rik-tanlovini e’lon qiladi. //
Startap loyihasiga qo’yiladigan shartlar:
- 1, 2, 3 va 4-kurslar orasidagi startap ijrochilarining yoshi 30 dan oshmasligi;
- 1 ta jamoa 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi (jamoa aʼzolari soni 5 nafardan oshmasligi lozim);
- Startap loyihalarini amalga oshirishning eng uzoq muddati bir yil boʻlishi.
- Loyihani moliyaviy asoslab berish; unga ketadigan material, materiallarning narxi va shu narxda qayerdan sotib olinishi mumkinligi haqidagi ma’lumot.
Ushbu loyiha yoshlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Startap yaratish bo’yicha bilimlarni mustahkamlash.
- Loyihaning samarali taqdimotini tashkil etish hamda investor jalb qilish.
- Innovatsion startap taqdimotlari bilan tanishish.
- Qizg’in muhokamalarda ishtirok etish va boshqalar.
Ishtirokchilar quyidagi manzil orqali bog’lanib, 15-fevralgacha registratsiyadan o’tishi lozim. Startaplar taqdimoti 25-fevral kuni soat 10:00 da “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida bolib o’tadi.
Murojaat uchun:
Universitetning “Tarix va madaniy meros” kafedrasi va “Universitet 4.0” modeliga tayyorlash bo’limi
+99866 240 86 12
+99899 597 1983