×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 03 Mart 2022 18:40

Xalqaro maslahat qo‘mitasi kotibi Tamara Teneishvili “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 3-mart kuni Xalqaro maslahat qo‘mitasi kotibi Tamara Teneishvili boshchiligida YUNESKO vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Tamara Teneishvili xonim universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi, shuningdek, nafaqat Osiyo, balki butun dunyo tarixi, madaniyati va madaniy merosiga oid kitoblarning nodir nashrlarini o‘zida jamlagan ultrazamonaviy kutubxona bilan ham tanishdi.

Muzokaralar chog‘ida “Ipak yo‘li” universiteti va YUNESKO o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizning madaniy merosi, bu borada talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishning, madaniy merosni asrab-avaylash sohasida yangi loyihalarni innovatsion tatbiq etishning o‘rni ham muhimligi ta’kidlandi.

O'qilgan 2772 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1043{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar