O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy ta'lim muassasalari talabalari bandligini ta'minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 10-mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy merosi universitetida SAG kompaniyasi rahbariyati ishtirokida konferensiya bo'lib o'tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitet talabalari va bitiruvchilariga ishga joylashishda ko‘maklashish, shuningdek, ish beruvchi korxonaga istiqbolli yosh mutaxassislarni tanlashda iborat.
Tadbir davomida universitet bitiruvchilari va talabalariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi hamda korxonada ishlashning imtiyoz va shart-sharoitlari, vaqtincha va doimiy ishga joylashishda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ta’kidlash joizki, anjuman juda qiziqarli o‘tdi, interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi va sovrinlar o‘ynaldi, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Bugungi tadbir natijasida ko‘plab bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Ma’lumot uchun: SAG 2000-yilda tashkil etilgan gilam ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda SAG ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridagi eng yirik korxona hisoblanadi.