Chorshanba, 30 Mart 2022 09:55

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o’qitivchilari va xodimlari ishtirokida “Milliy libos madaniyat ko’zgusi” mavzusida targ‘ibot-tadbiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 29 -mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi va Samarqand viloyat ishchi guruhi rahbari Vohidova Sanoat Xamidovna tomonidan universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun “Milliy libos madaniyat ko’zgusi”  mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir  tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbiri doirasida Samarqand viloyat diniy qo’mitasi bosh mutaxassisi  S. Xamidova o’z ma’ruzasi va prezentasiyasida  o‘zbekona kiyinish madaniyatini targ‘ib qilish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ‘ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo‘lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilish bo‘yicha ma’lumot berdi.

O'qilgan 2273 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar