×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 08 Iyun 2022 18:11

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasi noyob kitoblar bilan to‘ldirildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasi noyob kitoblar bilan to‘ldirildi PR & Press Department © All Rights Reserved

Avval xabar berganimizdek, Indoneziyaning Bandung pedagogika universiteti rektorati delegatsiyasi Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi – E.P. Sunario Kartadinata va elchixonaning elchi-maslahatchisi – Rofita Jamafar xonim bilan birgalikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida janob E.P. Sunario Kartadinata “Ipak yo‘li” universiteti kutubxona fondiga ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini hadya qildi. Taqdim etilgan kitoblar Indoneziya tarixi, madaniyati va urf-odatlari, turizmi va hozirgi zamonda yashash tarzi haqida qimmatli ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.

Universitet kutubxonasi ochilganidan beri doimiy ravishda dunyoning turli burchaklaridan yuborilgan eng soʻnggi va eng nodir nashrlar bilan toʻldirilib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov o‘zining shaxsiy kolleksiyasidan ko‘plab kitoblarni universitet kutubxonasiga sovg‘a qilganini alohida ta’kidlash joiz.

O'qilgan 3054 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1195{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar