×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 26 Iyul 2022 15:35

Madaniy meros bo‘yicha Xalqaro Kongress ishtirokchilari “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 24-iyul kuni Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans davri asosi” VI Xalqaro kongressi ishtirokchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Uch kunlik dastur doirasida mehmonlar madaniy merosni rivojlantirish va asrab-avaylashda ulkan rol o‘ynaydigan “Ipak yo‘li” universitetiga tashrif buyurishdi.

Ekskursiya davomida mazkur kongressning 300 dan ortiq ishtirokchilari universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga xalqaro universitetlar va turizm tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar amaliy mehmonxona xonalari, bar-restoranlardan iborat o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi, konferents-zal, universitet oshxonasini ko‘zdan kechirishdi. Mehmonlar Buyuk Ipak yo‘lini aks etiradigan maxsus galereyalarda saqlanayotgan noyob tarixiy elementlari, hamda, ayni paytda universitet sport zalida ShHTga a’zo qator mamlakatlardan kelgan san’at ustalarining rasmlari galereyasi bilan yaqindan tanishdi .

Mehmonlarda madaniy merosni asrab-avaylashga bag‘ishlangan noyob kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bilan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rasm san’ati, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng qisqa vaqt ichida kutubxonaga 20 mingga yaqin dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan kitob yetkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, 22-24-iyul kunlari Samarqand viloyati Yoshlar Markazida “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqat markazida” xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi, 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida o‘tkazildi.

O'qilgan 2557 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1230{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar