×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 12 Sentyabr 2022 15:56

Indoneziya Respublikasi xalq vakillari Kengashi raisi professor Puan Maharani "Ipak yo‘li" universitetiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Indoneziya Xalq vakillari Kengashi raisi Puan Maxarani boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, nafaqat ta’lim sohasida, balki turizm sohasida ham O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarini rivojlantirish uchun “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishishdan iborat.

Faxriy mehmonni Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi turizm va madaniy meros vaziri, "Ipak yo‘li" universiteti rektori A. Abduhakimov kutib oldi.

Aziz Abduhakimov hamrohligida professor Puan Maharani universitet faoliyati bilan tanishdi, unga xalqaro universitetlar va sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlik natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni, xususan turizm bo‘yicha ikki tomon uchun manfaatli tur paketlarni tashkil etish bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.

Ta'kidlash joizki, mehmonlarda madaniy merosni asrab-avaylashga bag‘ishlangan noyob kitoblar to‘plamini o‘z ichiga olgan universitet kutubxonasi katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” universiteti rektori Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bilan turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rasm san’ati, haykaltaroshlik, arxitektura, madaniy meros kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng qisqa vaqt ichida kutubxonaga 20 mingga yaqin dunyoning barcha burchaklarida nashr etilgan kitob yetkazib berildi.

O'qilgan 2665 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1258{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar