Joriy yilning 4-9 sentyabr kunlari "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari Moskvada bo‘lib o‘tgan yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish dasturining birinchi xalqaro trekida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universitetida “Yozgi turizm va mehmondo‘stlik maktabi” kursini to‘liq tingladilar. Kursni tugatgandan so‘ng talabalar sertifikatlar oldilar.
Shuningdek, Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universiteti mehmonxona biznesining eng yaxshi mutaxassislari talabalar uchun Moskvadagi Ararat Park Hayat mehmonxonasida amaliy mashg’ulot o‘tkazdilar.
Ta'kidlash joizki, “Ipak yo‘li” universiteti ma’muriyati Rossiya davlat turizm va xizmat ko‘rsatish universiteti rektori F.A.Alekseevich bilan ham uchrashdi. Yoshlar va talabalar turizmini rivojlantirish dasturi doirasida akademik almashinuvni rivojlantirish, bakalavrlar va professor-o‘qituvchilar tarkibini birgalikda tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy loyihalar va ilmiy-tadqiqot dasturlarini tashkil etish, qo‘shma seminarlar va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish va ularga boshqa manfaatdor tomonlarni jalb etish bilan qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.