Chorshanba, 14 Dekabr 2022 17:22

Pushti rang pufak

Psixolog minbari

Inson muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning o‘z-o‘zini emotsional-irodaviy boshqarish qobiliyatiga bog‘liq. Relaksatsion terapiya muqarrar umidsizliklar, omadsizliklarga chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi, stressga qarshi kurashishni o‘rgatadi. Demak, boshladik...

Ko‘zlaringizni yuming. Tasavvur qiling, barcha ezgu orzu-umidlaringizni jamladingiz va pushti rang pufakka jo qildingiz. Nega aynan pushti rang, deya qiziqayotgandirsiz? Chunki bu rang iliqlik va samimiylikni ifodalaydi. Yuragimizga bundan boshqa yana nima yaqin?
Endi esa orzularga limmo-lim pufakni qo‘yib yuborayotganingizni tasavvur qiling. Uning ko‘klarga baland ko‘tarilishini, osmonda suzib yurishini, so‘ngra orzularingizning amalga oshishi uchun Koinot quvvatini o‘ziga tortib olayotganini kuzating.

Ko‘zlaringizni oching. Chuqur nafas olib, sekin chiqaring. Atrofga boqing – hayot siz o‘ylagandan-da yorqinroq, go‘zalroq! Pushti rang pufakni qo‘lingizga olib, orzular sari odimlang.

O'qilgan 2365 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar