×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 28 Fevral 2023 22:46

“Ijodiy sanoat: muzeyshunoslik” magistratura mutaxassisligi ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Dastur ijrosini amalda ta’minlash maqsadida 2021/2022 o‘quv yilida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga turizm tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan “Ijodiy sanoat: muzeyshunoslik” magistratura mutaxassisligiga talabalar o‘qishga qabul qilingan edi. Bugun universitetda ushbu mutaxassislikni bitirgan ilk magistrlarga magistrlik diplomini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni  «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi: “Har bir bitiruvchi hayotida magistr diplomini qo‘lga kiritishi juda muhim voqea hisoblanadi. Bu nafaqat oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat, balki o‘zining intilishlari, harakatlari, erishgan natijalari uchun yuqori javobgarlik belgisidir. Professor-o‘qituvchilarimiz sizga ko‘p narsani o‘rgatishdi, bilim olish uchun qat’iy intilish va uni amalda qo‘llash, qiyinchiliklarni yengish va mustaqil bo‘lish, doimo o‘z-o‘zini rivojlantirish istagini uyg‘otdi. Umidlarimizni oqlashingizga ishonamiz va biz siz bilan faxrlanamiz. Endi siz hayotingizning yangi sahifasini, ya’ni professional karerangizni boshlaysiz. O‘zingizga ishoning. Orzularingizni ro‘yobga chiqarishda intiluvchan va mas’uliyatli bo‘ling. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining diplomi bu yo‘lda sizning ishonchli tayanchingiz bo‘lsin».

Shuningdek, universitet rektori oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichining o‘rni va ahamiyati, respublikamizda madaniy merosga qaratilayotgan e’tibor va uning turizm sohasini rivojlantirishda tutgan o‘rni, muzeyshunoslik kasbi haqida batafsil to‘xtalib o‘tgandan so‘ng, uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan bitiruvchi magistrlarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

 Bundan tashqari, tantanali tadbirda universitet birinchi prorektori J.Eltazarov, o‘quv ishlari prorektori J.Xoffman, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Szi, universitet jamoasi va magistratura bosqichi bitiruvchilarining ota-onalari, oila a’zolari ishtirok etishdi.

O'qilgan 1967 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1489{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar