Joriy yilnig 10-14 sentabr kunlari Bishkek shahrida “MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari“ xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forum yig‘ilishida, universitietimizning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova ishtirok etdi. Quvonarlisi, oliygohimiz bo‘lim boshlig‘i N.Abduvaxidova ushbu forumda 2024-yilda Samarqand shahriga “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti”, Toshkent shahriga “Hamdo‘stlik Yoshlar poytaxti” maqomi berilgani mavzusida ma’ruza qildi va taqdimot o‘tkazdi.
Forumda bugungi kunda O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy sohadagi yangilanishlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan islohatlar xaqida batafsil ma’lumotlar berildi.