Joriy yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda yoshlar siyosati va mahallabay ishlash bo‘limining xodimlari Samarqand shahridagi “Furqat” mahallasida bo‘lib, bu yerdagi ijtimoiy- ma’naviy muhitni o‘rgandi. “Mahalla beshligi” va mahalla ahli vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvlarlarda OTMlar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni va aholini turmush farovonligini, mahallaga tegishli ko‘cha va xiyobonlarni obodonlashtirish va tartibga keltirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda ushbu mahallada turli millat vakillari istiqomat qilishi bilan birga, aksariyati ziyoli oilalar hisoblandi. Shu bois bu yerda ijtimoiy va ma’naviy muhit ancha namunali. Uchrashuv davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va profilatika inspektori bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar muammolari bo‘yicha ishlash xususida amaliy tavsiyalar berildi.