Joriy yilning 13-mart kuni O'zbekiston oshpazlar uyushmasida professional ta'lim tizimida “Umumiy ovqatlanish xizmatlatini tashkil etish” mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash istiqbollari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi kollej-texnikumlar direktorlari hamda ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirok etdi va sohadagi amalga oshiriladigan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.