Bugun 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosini ta’minlash, xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida universitetimiz axborot resurs markazida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zolari ishtirokida adabiy kecha o‘tkazildi. Xorijlik va mahalliy talabalarimiz ishtirok etgan tadbirni universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova olib bordi. Dastlab tadbirda taniqli ijodkor Zulfiyaxonimning samarqandlik shogirdi bo‘lgan va bugungi kunda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zolaridan biri bo‘lgan H.Karimova so‘z olib adabiyotda o‘zbek tilining o‘rni va roliga keng to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi a’zosi shoira E.Maxmudova ona vatanni, o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlaridan o‘qib eshittirdi. Shuningdek tadbirda universitetimiz Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi mudiri, dotsent T.Sultonov Prezidentimizning 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosi yuzasidan universitetimizda ham kafedra tashkil qilinayotganligi va bu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotganligi xususida gapirdi.
Tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan o‘zbek xalqining mashhur yozuvchisi A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan bir parcha sahnalashtirilib namoyish qilindi. Shuningdek tadbirda talabalarimiz ham o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilinganligi va barcha xorijlik talabalarda katta taassurot qoldirganligi bilan esda qolarli bo‘ldi.