Bugun 15-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston-Ispaniya oliy ta’lim muasassalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlash bo‘yicha seminar o‘z ishini boshladi. Dastlab Ispaniya Fan, innovatsiyalar va universitetlar vazirligi boshchiligidagi 12 ta oliy ta’lim muasassalaridan iborat delegatsiya a’zolariga universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv laboratoriyalari, milliy liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan so‘ng seminar o‘z ishini boshladi va uning avvalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, prof. Toni Zou universitet faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda. Biz to‘liq tafsilotlar bilan yana tanishtirib boramiz.