Joriy yilning 5-iyun kuni universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda “Turizm” kafedrasi hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan xorijiy hamda mahalliy talabalar uchun Urgut tumanida joylashgan “Teshiktosh”, “Qoratepa suv ombori” hamda “Tersak” turizm qishlog‘ida “Turizm” festival tashkil etildi.
Fesitival davomida talabalar “Qoratepa suv ombori”i atrofida sayohlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mehmonxonalar va shart-sharoyitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ishtirokchilar tumanning “Tersak” turizm qishlog‘iga tashrif buyirishib, qishloq hayoti bilan yaqindan tanishish bilan birga milliy taomlarimizdan ham bahramand bo‘lib, kuy-qoshiqlar kuylab raqslarga tushishdi.
Universitet talabalari turizmda bu kabi yangiliklar bilan tanishish asnosida o‘z tashabbuslarini ham ilgari surdi. Tadbir so‘nggida “Turizm” festivalni tashkil etishgan mas’ullarga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi.