5-iyun Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamda “Turizm” kafedrasi hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan xorijiy va mahalliy talabalar ishtirokida “Turistik” obektlarda Ekoaksiya” tashkillashtirildi.
Ekoaksiya doirasida ishtirokchilar Urgut tumanidagi “Qoratepa suv ombori” atrofida yig‘ilib qolgan chiqindilardan tozalash ishlarini olib borishdi. Chiqindilarni saralashibda plastik idishlar, turli xildagi temir idishlar, politelin paketlar va boshqa chiqindilar alohida qilib yig‘ib olindi. Shuningdek aksiya ishtirokchilari “Qoratepa suv ombori” atrofini tozalash bilan birga, bu yerga kelib damolayotgan sayohatchilarga atrof-muhit tozaligini saqlash har-birimizning burchimiz ekanligini targ‘ib qilishdi.
Universitet talabalari tomonidan Ekologik tozalikni asrab-avaylash orqali yashab turgan atrof muhitimiz tozaligiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bu kabi aksiyalar yosh avlodni tabiatga bo‘lgan mehrni yanada shakllantirib ekologiyani asrab-avaylashda muhim o‘rin egallaydi.