Seshanba, 08 Oktyabr 2024 12:04

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi xalqaro simpoziumida nazariya va amaliyot jarayonlari

2-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘z ishini boshlagan “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi ART Rezedensiyada davom etmoqda.

Anjuman ishtirokchilariga xorijlik mutaxassislar tomonidan madaniy meros sohasidagi ayrim jihatlar xususida qator taqdimotlar o‘tkazildi. Simpozuimda xorijlik va mahalliy mutaxasisslar, ilmiy doira vakillari o‘rtasida madaniy meros sohasining ayrim qirralari yuzasidan tahlil, bahs, munozara bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari tadqiqotchilar va mohir ustalar madaniy meros sohasida yo‘qolib borayotgan keramik naqshlarni tayyorlash, unga bezaklar berish kabi jarayonlarni ham amalga oshirishdi. Xalqaro anjuman 10-oktabrga qadar davom etadi.

O'qilgan 301 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar