Seshanba, 29 Oktyabr 2024 16:50

Hamkorlik yo‘lida: Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universitetiga tashrif

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti o‘rtasida 2023-yilda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Ushbu shartnoma doirasida universitetimiz talabalari uzoq muddatli almashinuv dasturida ishtirok etishdi.

Universitet vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang provinsiyasiga tashrifi davomida hamkor universitet — Zhejiang Xalqaro Tadqiqotlar Universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori boshchiligidagi universitet rahbar xodimlari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kelgusi o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilar uchun qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish, shuningdek, talabalar almashinuvi dasturini davom ettirish zarurligi haqida kelishib olindi.

Hamkor universitetga tashrif davomida madaniyat va turizm maktabi hamda oliygohda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashildi. Uchrashuvda universitetda xorijlik talabalar yaratilgan sharoitlar, magistratura bosqichida o‘qish uchun ajratilgan davlat grant dasturi hamda turizm sohasida faoliyat olib borishni istagan talabalar uchun xorijiy tillarni bilish qanchalik muhimligini takidlash bilan birga hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yilning 12 yanvarida qabul qilingan PQ-19-sonli orqali yaratilgan O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili adabiyotini yaqindan o‘rganish istagida bo‘lgan xorijliklar uchun kelajakda Uzacademy.uz platformasi orqali onlayn o‘rganish imkoniyatlari mavjud ekanligi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Bu tashrif universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O'qilgan 366 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar