Seshanba, 27 Oktyabr 2020 14:22

ACIE Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari rahbariyati vakillari bilan uchrashuv

ACIE Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari rahbariyati vakillari bilan uchrashuv ACIE Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari rahbariyati vakillari bilan uchrashuv © Universitet matbuot kotibiyati

Joriy yilning 26-oktabr kuni Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari vakolatxonasi rahbari Uilyam O’Roark va Suyarova Shahnoza “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.

Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi Sharqiy Yevropa va Yevroosiyoda ishlashga ixtisoslashgan Amerikaning yetakchi notijorat ta’lim va konsalting tashkilotlaridan biri bo‘lib ACIE dasturlari doirasiga: akademik almashinuv dasturlari, kasbiy tayyorgarlik, muassasalararo hamkorlik va tadqiqotlar, texnik yordam va konsultatsiyalar, ta’lim sinovlari kiradi.

"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti vakillari amerikalik mehmonlar bilan suhbatda universitetning oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlari, asosiy yo‘nalishlari hamda xorijiy bitiruvchilar va doktorantlar uchun stajirovka tizimi bilan tanishdilar. Shuningdek, ilmiy faoliyat, ilm-fan, texnologiyalarni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha universitetlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish orqali akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish taklif qilindi hamda ilmiy va amaliy tadqiqotlar uchun turli dasturlarning tafsilotlari hamda so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida, ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy sohalarda o‘zbek-amerika hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O'qilgan 4176 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar