×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 10 Noyabr 2020 17:02

“Ipak yoʻli” universiteti vakillari Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi “TITF-2020”da ishtirok etadi

"Ipak yo‘lidagi turizm-2020" "Ipak yo‘lidagi turizm-2020" Copyright © Uzbekistan.travel

Onlayn rejimida oʻtkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi “Ipak yo‘lidagi turizm-2020” Toshkent xalqaro turistik yarmarkasining ochilishi Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi va “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti rektori A.A. Abduxakimovning qutlov nutqi bilan boshlanadi.

Onlayn yarmarka oʻtkazilishi 2020 yil 11-13-noyabr kunlariga rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda Singapur, Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Qozogʻiston, Germaniya va Oʻzbekistonning 25 dan ortiq yetakchi turizm mutaxassilari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular Covid-19 pandemiyasi davrida turizm sohasini qanday yaxshilash mumkinligi va inqirozdan chiqish yoʻllarini topish; sayyohlar uchun xavfsiz sayohatni ta’minlash kabi amaliy tadbirlar toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadilar.

Onlayn yarmarka dasturi 3 kun va 6 sessiyaga taqsimlangan. Yarmarkaning birinchi kunida, 1-sessiyada, “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekani, dotsent Slavomir Vroblevskiy soʻzga chiqadi.

Sessiyaning mavzulari: “COVID-19 dan keyin turizm sohasini amalda qanday takomillashtirish mumkin” va “Uzbekistan. Safe travel guaranteed. O‘zbekistonda xavfsiz turizm!” tizimi”.

Eslatib oʻtamiz, Siz ham ushbu onlayn yarmarkada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: http://www.uzbekistan.travel/titf-online

O'qilgan 4423 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}544{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar