2019-yil oktyabr oyidan boshlab va bugungi kunga qadar Buyuk Britaniya Kengashining Creative Spark 5-yillik loyihasi boʻyicha “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ingliz tili klubi (“English Speaking Club”) faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Klubning asosiy maqsadi ingliz tilini oʻrganish, shuningdek, talabalarni mustaqil ish yuritishga tayyorlash va oʻqitishdan iborat edi.
Bugun, 25-noyabr kuni “English Speaking Club” faoliyati doirasida erishilgan yutuqlar tantanali ravishda sarhisob qilindi.
Mazkur uchrashuvda klub kuratori U.Abduvaxabova toʻgarak tajribasidan mamnun ekanligini ta’kidlab, barcha yigʻilgan talabalarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar va belgilangan maqsadlarga erishishlarini tilab qoldi. Shuningdek, birinchi prorektor J.Eltazarov ham soʻzga chiqib,
"Talabalar – mamlakat kelajagi va Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari ekanligini ta’kidladi. Bu kabi klublarda ishtirok etish kelajakda ularning professional sohasidagi poydevorga aylanadigan tajriba va koʻnikmalarni toʻplashga yordam beradi", - deb ta'kidlab oʻtdi.
Uchrashuv yakunida “English Speaking Club” vakillari esdalik sovgʻalari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.