Chorshanba, 09 Dekabr 2020 12:50

Talabalar Parlamenti uchun saylovoldi dasturini qanday tayyorlash mumkin?

Avvalo, biz, talabalar Parlamenti Prezidentligiga oʻz nomzodlarini qoʻygan talabalarni ilk qadamlari bilan tabriklaymiz!

Saylovoldi dasturini tayyorlash uchun oz vaqt qoldi va biz, universitet matbuot xizmati, talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodning haqiqatan ham sifatli dasturini tayyorlashga yordam beradigan kichik tavsiyalar toʻplamini tayyorladik.

Sizning saylovoldi dasturingizga kiritilishi zarur boʻlgan (must-have) maslahatlar roʻyxati:

  1. Oʻzingiz haqingizda qisqacha ma’lumot tayyorlang. Unda valontyorlik yoki loyiha faoliyatingizdagi tajriba (agar mavjud boʻlsa) haqida gapirish kerak. Ma’lumotingizda oʻz qiziqishlaringiz va qadriyatlaringizni koʻrsatsangiz yaxshi boʻlar edi;
  2. Talabalar oldida turgan ustuvor muammolarini va qaysi birini (yoki barchasini) hal qilishingiz mumkinligini koʻrsating. Agar nomzod ushbu muammolarni hal qilish uchun oʻz rejasini taqdim etsa, bu juda yaxshi harakat boʻladi.
  3. Erishgan yutuqlaringizni keng jamoatchilikka taqdim eting. Bu esa, oʻz navbatida, saylovchilar sizning kelajakdagi faoliyatingizning taxminiy vektorini va imkoniyatlaringizni tushunishlari uchun yordam beradi;
  4. Motivatsion nutq tayyorlang. Unda nega talabalar Parlamenti Prezidentligiga nomzodingizni koʻrsatayotganingizni ayting. Koʻpincha boʻsh qolasiz. Har bir talabaga yordam berish istagingiz bor. Oldindan mavjud boʻlgan va shu vaqtgacha bajarilmagan vazifalarning yechimini topish tuygʻusi sizni shijoat undadimi?
  5. Har qanday saylov dasturida boʻlishi kerak boʻlgan va eng muhim narsa bu sizning real va muhim takliflaringiz va gʻoyalaringizdir. Siz nimani oʻzgartirmoqchisiz va bu harakatlaringiz ijobiy natijalarga olib keladimi?

Har bir nomzodga yetkazmoqchi boʻlgan soʻnggi tavsiyamiz: ongli ravishda oʻz dasturingizni rejalashtirishga yondashing va va’dalaringizni behuda sarflamang!

Shuni yodda tutingki, yuqorida aytilganlarning barchasi faqat maslahatlardir. Fikrlar turlicha boʻlishi mumkin, ammo ushbu maslahatlarimiz sizga chindan ham kuchli saylovoldi dasturini tayyorlashga yordam bersa, biz juda xursand boʻlgan boʻlamiz!

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalar Parlamenti boʻlajak Prezidenti, sizga omad tilaymiz!

O'qilgan 3408 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar