×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 12 Yanvar 2021 17:47

Turizm ustalaridan mahorat darslari

Joriy yilning 12-yanvar kuni universitetning ma’ruzalar zalida gastronomik, innovatsion va sport turizmi sohalaridagi yetakchi mutaxassislardan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgan turizm sektorining eng dolzarb yo‘nalishlari bilan tanishdilar.

Xususan, “Gastronomik turizm va xalqaro tadbirlar oʻtkazish tajribasi” mavzusida Bahriddin Chustiy, “Sport turizmi orqali mamlakat brendini tanitish va yangi turizm mahsulotlari” – G‘iyosiddin Ahmedov, hamda “Turizmda innovatsiya - kreativ loyihalar va start-ap muhitini shakllantirish” mavzusi bo‘yicha Temur Mirzayevlar o‘zining mahorat darslarini ochiq muloqot shaklida namoyish etdilar.

O‘tkazilgan mahorat darslari turizm sohasini modernizatsiya qilish, ya’ni Internet-resurslar salohiyatidan foydalanish, talabalarning innovatsion g‘oyalarini ilgari surish, sport va jismoniy madaniyatni ommalashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan. Mutaxassislar universitetimiz qoshida “Tourism Lab” innovatsion g‘oyalar va startaplar ixtisoslashtirilgan laboratoriyani ochish tashabbusi bilan chiqishdi.

Shuni ta’kidlash joizki, universitet rahbariyati talaba-yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb qilish, o‘z startap-loyihalarini ilgari surish, sport va gastronomik turizmni ommalashtirish maqsadida shu kabi mahorat darslarini doimiy ravishda o‘tkazilishini qayd etdi.

O'qilgan 4066 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}601{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar