Bugun, 14-yanvar kuni respublikamizda Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi nishonlandi.
Bayram munosabati bilan universitet foyesida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning birinchi prorektori J.D.Eltazarov barchani bayram bilan samimiy tabriklab, millionlab yurtdoshlarimiz uchun ushbu bayram jasorat, qat’iyat, vatanparvarlik, Vatanga fidokorona xizmat ko‘rsatish ramzi ekanini ta’kidladi. Har qanday vaqtda Vatanga xizmat ko‘rsatish O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun muqaddas burchidir.
Shuningdek, tadbirda O‘zbek jang san’ati Federatsiyasi rahbari – Jamil Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy okrugi 29080-sonli harbiy qismi mayori – Jamol Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy okrugi 75061-sonli harbiy qismi kapitanlari – Alisher Najmiddinov va Adhamjon Abdug‘aniyevlar ishtirok etishdi.
Universitet talabalari yig‘ilganlar uchun vatanparvarlikni madh etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar va milliy raqslarni ijro etishdi.
Biz mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik uchun katta mas’uliyat, sharaf bilan xizmat qiladigan harbiy xizmatchilarimiz bilan faxrlanamiz!