Payshanba, 21 Yanvar 2021 17:50

Universitetga 39-maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 21-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga Samarqand shahridagi 39-maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Maktab o‘quvchilari uchun universitetning aqlli kampusi bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.

Maktab o‘quvchilarini yangi bino bilan tanishtirish bo‘yicha kampus-tur o‘tkazildi. Ekskursiya davomida ularga o‘quv-ishlab chiqarish kompleksiga kiruvchi mehmonxona xonalari, bar-restoran; eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va 250 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal; kafeteriy usulida qayta ta’mirlangan oshxona; universal sport zali; shuningdek, kutubxona namoyish etilib, batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, mehmonlar eski yo’qlama jurnallari o’rnini bosuvchi, talaba va o’qituvchilarni kuzatuvchi texnologiya bilan jihozlangan o‘quv xonalarini ham ko‘zdan kechirishdi.

Samarqand shahridagi 39-umumta’lim maktab o‘quvchilari universitetga tashrifidan mamnun bo‘ldilar. Shu bilan bir qatorda, ekskursiya tashkilotchilari ham o‘zlarining asosiy vazifasini muvaffaqiyatli bajarishdi – maktab o‘quvchilarini universitet bilan tanishtirishdi va ularga kelgusida qaysi oliy ta’lim dargohini tanlash borasida amaliy yordam berishdi.

O'qilgan 4435 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar