Juma, 29 Yanvar 2021 15:49

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti Senatining 2021-yildagi birinchi Majlisi bo‘lib o‘tdi

Senat Majlisi kun tartibida o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyat bilan bog‘liq, shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini yuksalishga doir muhim masalalar ilgari surildi. Majlis 2020-yil 30-noyabrdagi Universitet Vasiylik Kengashi Majlisining 3-son bayonnomasida bayon qilingan vazifalar yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida Xalqarolashtirish va strategik rivojlantirish bo‘yicha Birinchi prorektor J.Eltazarov va Akkreditatsiya va reyting bo‘limi boshlig‘i U.Gulyamovlarning axboroti bilan boshlandi. Bundan tashqari, universitetni xalqaro universitetlar reyting tizimiga kiritish va shu jarayonga bag‘ishlangan “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish jarayonida hozirgi vaziyat haqida ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘quv jarayonini monitoring qilish va tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i F.Nurov yig‘ilganlarni yakuniy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni bilan tanishtirdi. Shuningdek, F.Nurov yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga o‘z hissasini qo‘shgan universitet professor-o‘qituvchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash taklifi bilan chiqdi.

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i F.Abdurahmonov joriy o‘quv yilida olib borilayotgan ilmiy ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1030-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan ishchi komissiya hisoboti va universitetning ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilariga har oylik hamda bir martalik ustama belgilash taklifini ilgari surdi. Bundan tashqari, 2021-yilda o‘qishga qabul qilingan tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilarning dissertatsion ishlari mavzusi va ilmiy rahbarlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Yuqorida keltirilgan masalalardan tashqari, Senat ishtirokchilari tomonidan yosh olimlar Kengashining yangi Nizomi loyihasi hamda joriy o‘quv yili oxirida magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonining rejasi muhokama qilindi.

O'qilgan 3681 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar