Dushanba, 01 Fevral 2021 14:59

Universitet talabalari “Meros” qog‘oz fabrikasiga tashrif buyurishdi

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish joylarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bizning universitetimizda keng qo‘llaniladigan dual ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Jumladan, Guid 119 va Tour Ind 119 guruhlari talabalari Konigil qishlog‘ida joylashgan va mashhur Samarqand qog‘ozini ishlab chiqaruvchi “Meros” markaziga tashrif buyurishdi. Amaliy darsni o‘qituvchi M.Vafoqo‘lova olib bordi.

Talabalar qog‘oz chiqarish markazi bo‘ylab individual tur tayyorladi, obyekt haqida ma’lumot almashishdi. Bundan tashqari, talabalar qog‘oz fabrikasida ishlaydigan hunarmandlardan qiziqarli ma’lumot olishdi.

“Meros” fabrikasi nafaqat turistik obyekt, balki to‘laqonli ishlab chiqarish obyekti hamdir. Qog‘oz fabrikasi hukumat buyurtmalari bilan ham ishlaydi. Bunday qog‘ozda yozilgan yozuvlar uzoq muddat saqlanadi. Ishlab chiqarish qadimgi texnologiyalar asosida o‘rta asrlarning aniq ishlab chiqilgan mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. O‘sha davrlarda Samarqand qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha O‘rta Osiyo markazlaridan biri bo‘lgan.

Qadimgi Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishda paxta, tut po‘stlog‘i va ipak iplari ishlatilganligi tarixdan ma’lum. Samarqand qog‘ozini yaratishning asosiy siri tut daraxti po‘stlog‘idan foydalanish edi. Tut daraxtining tolalari tufayli qog‘oz nihoyatda ipakdek muloyim bo‘lgani noyob mahsulotning jahon bozoriga chiqishiga imkon berdi. Shaharda qog‘oz ishlab chiqarish uzoq davom etmadi. Samarqand bilan Buxoro o‘rtasidagi urushlar, so‘ngra jungarlar istilosi tufayli ishlab chiqarish barbod bo‘lib, hunar egalari esa deyarli qolmadi. YUNЕSKO tashabbusi bilan qadimiy hujjatlar ko‘tarilib va saqlanib qolgan nusxalar o‘rganilib, qog‘oz ishlab chiqarish texnikasi qayta tiklangan. Keyinchalik, ustalar eski texnologiya bilan mutlaqo bir xil bo‘lgan ideal natijaga erishmaguncha, uzoq muddatli tajribalar davomida (10 yil) sinovdan o‘tkazildi.

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari “Meros” fabrikasiga uyushtirilgan tashrifdan olam-olam zavq olishdi va bu yerda sayyohlar haqiqiy o‘rta asr hunarmandchiligi muhitini his qilish mumkinligini ta’kidlab o‘tishdi.

O'qilgan 3320 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar