Payshanba, 11 Fevral 2021 15:01

Universitetimizda birinchi PechaKucha tanlovi qanday o‘tdi?

Joriy yilning 4-fevral kuni PechaKucha doirasidagi “Eng yaxshi taqdimotlar va jamoat oldida nutq so‘zlash” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, tanlovda 30 dan ortiq talabgorlar ishtirok etib, o‘z taqdimotlarini 20 soniyadan 20 ta slayd (20x20) formatida taqdim etdilar.

Tanlov keskin raqobat muhitida oʻtdi, bu esa qatnashchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligini yana bir bor isbotlaydi. Hakamlar hay’ati taʼkidlaganidek, tanlov qatnashchilari orasida eng yaxshilarini tanlash, albatta, qiyin vazifa bo‘ldi.

Bugun, 11-fevral kuni universitet tarixida ilk bora o‘tkazilgan PechaKucha doirasidagi “Eng yaxshi taqdimotlar va jamoat oldida nutq so‘zlash” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblariga 1-o‘rin uchun planshet, 2-o‘rin – smartfon va 3-4-o‘rinlar – simsiz garnitura bilan taqdirlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, birinchi PechaKucha tanlovi universitetimiz iqtidorli va istiqbolli talaba-yoshlarga boy dargoh ekanligini yana bir bor isbotladi. Shundan kelib chiqib, bu kabi tanlovlarni o‘tkazish yuksak samara berish, talabalarga bundanda ko‘proq intilishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.

O'qilgan 3683 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar