O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini va mavqeyini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘zbek tilida “Eng chiroyli nutq” tanlovi tashkil etildi. Tanlov g‘oliblari 2021-yil 30-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlandi.
Tavlovda faxrli 1-oʻrinlarini egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida; faxrli 2-oʻrin egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida; faxrli 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining hamda Buxoro turizm texnikumining talabalariga sertifikatlar taqdim etildi.