×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 06 Aprel 2021 15:04

Yoshlar turizm festivali natijalari

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari 2021-yil 30-mart – 3-aprel kunlari Yoshlar turizm festivalida faol ishtirok etishdi. “Hikingly” klubi koordinatori – 2-bosqich talabasi Mirzayev Amirbek hamda xitoy tili o‘qituvchisi Boyqobilov Kamoliddin rahbarligida universitet nomidan ilgari surilgan 20dan ortiq ishtirokchi festival doirasida o‘quv-mashg‘ulot bosqichlarida ham, amaliy musobaqalarda ham faol bo‘lishdi.

Festivalning birinchi kuni – 30-mart. Talabalar Zarafshon milliy bog‘ida “Topografik xarita yordamida hududda oriyentirlash” yo‘nalishi bo‘yicha yakka tartibda ishtirok etishdi. Har bir ishtirokchi 3 km masofani bosib o‘tib, yo‘lda barcha nazorat nuqtalarini aniqladi.

Festivalning ikkinchi kuni – 31-mart. O‘zbekiston Respublikasi ekstremal va tog‘ turizmi Federatsiyasi tomonidan o‘quv-tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etilib, unda talabalarimiz RTD (ingliz: Rise-Travers-Descent, o ‘zbek: chiqish-travers-tushish) intizomi bilan yaqindan tanishib, 90º burchakli balandlikka chiqish uchun alpinizm tizimidan foydalanishni o‘rganishdi.

Festivalning uchinchi kuni – 1-aprel. Barcha ishtirokchilar topografik belgilar, turistik tugunlarni bog‘lash, shuningdek, kompas yordamida azimutal harakat vektorini aniqlash bo‘yicha nazariy tayyorgarlikdan o‘tishdi.

Festivalning to‘rtinchi kuni – 2 aprel. Talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bevosita sport turizm musobaqalarida ishtirok etishdi:
1. Alpinizm tizimi yordamida RTD (chiqish-travers-tushish) marshrutidan o‘tish.
2. Topografik belgilar bo‘yicha test sinovlari.
3. Turistik tugunlarni bog‘lash sinovi.
4. Azimutal yurish. Yo‘lni kesib o‘tish va kompas yordamida nazorat nuqtalarini qidirish.

Festivalning yakuniy beshinchi kuni – 3-aprel. Festival g‘oliblarini taqdirlash.

Ta’kidlash joizki, festival doirasidagi musobaqalar respublika miqyosida o‘tkazilib, unda mamlakatimizning 6 viloyatidan kelgan ekstremal sportchilar ishtirok etishdi. “Ipak yo‘li” universiteti talabalari uchun bu kabi tadbirda ishtirok etish ularning birinchi tajribasi bo‘lishiga qaramasdan, universitet nomidan ishtirok etgan “Hot Potatoes” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

O'qilgan 3799 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}680{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar