Milliy qadriyatlarimiz haqida yanada kengroq bilimga ega bo‘lish va tarixiy qadriyatlarimiz nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish hamda 2020-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari orasida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar e’zozi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov g‘oliblari 2021-yil 27-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida taqdirlandi.
Tavlovda faxrli 1-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida; faxrli 2-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida; faxrli 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi maxsus diplom va bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti talabalariga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alar taqdim etildi.