Seshanba, 17 Avgust 2021 15:41

“Kitob bilim chirog’i”

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti va Samarqand IT-Park filiali hamkorligida SOS bolalar mahallasida kitob o’qishni targ’ib qilish maqsadida bilimdon kitobxonlar uchun “Kitob bilim chirog’i” tanlovi o’tkazildi. “Ipak Yo’li” turizm xalqaro universiteti iqtidorli talabasi Shahlo Hamroqulova tashabbuslari bilan tashkil etildi. Bu loyihada universitet va bolalar shaharchasi hamkorligida har oyning 3 haftasida bolalarga yangi kitoblar taqdim etiladi va berilgan kitoblar bo’yicha taqriz va savol javoblar o’tkazilib, ularga sovg’alar taqdim etiladi. Bundan tashqari Hamroqulova Shahlo va Mamatqulova Sabrina tashabbuslari bilan SOS bolalar shaharchasida ingliz tili kurslari, Zafarbek Hamroqulov tashabbuslari bilan “Sambo” sporti mashg’ulotlari hamda IT-Park robototexnika o’qituvchisi Bekmurod Shukurov tomonidan “Kompyuter savodxonligi” va “Robototexnika” kurslari bolalarga o’tiladigan bo’ldi. Universitet va Sos bolalar masalasi urtasida shartnoma imzolangan.

Agarda siz ham ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi yoki homiylik qilish istagingiz bo'lsa quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin: +998-90-100-65-99

O'qilgan 4351 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar