Joriy yilning 30-sentabr kuni Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi madaniyat va hamkorlik bo'yicha maslahatchisi Janob Loran Oriol “Ipak yo'li” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti rahbariyati bilan uchrashuv chog'ida Fransiya oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilinib, xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Faxriy mehmon uchun kampus bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, xususan: laboratoriyalar, universitet konferensiya-zali, oshxonasi, sport zali va Universitet kutubxonasi bilan tanishtirildi.