Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Indoneziya Halol turmush tarzi markazi raisi, Sahid universiteti (Indoneziya) katta o‘qituvchisi doktor S.Nirvandarga universitetning faxriy doktori unvonini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, AQShning Garvard universiteti, Buyuk Britaniyaning Oksford va Germaniyaning Geydelberg universitetlari bitiruvchisi, professor Dj.Xoffman o‘zining qutlash nutqida Sapta Nirvanda kabi buyuk shaxsni universitetning Faxriy professorlari qatorida ko‘rish universitet uchun katta sharaf ekanini ta’kidladi.
Universitet majlislar zalida “Dunyodagi halol turmush tarzi trendi” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. So‘ngra universitet talabalariga Indoneziyada turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Ma’ruza so‘ngida tomonlar esdalik sovg‘alar bilan almashdilar, martabali mehmon universitet kutubxonasiga marketing, iqtisod va biznesga oid ko‘plab kitoblarni sovg‘a qildi.
Tashrif yakunida faxriy mehmon uchun universitet binosi bo‘ylab sayohat uyushtirildi.