×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 27 Dekabr 2021 12:11

Ilmu ma’rifatga bag’ishlangan umr

“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Birinchi prorektori, taniqli olim, Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi, jonkuyar rahbar Jo‘liboy Eltazarovning 60 yillik yubileyi Samarqand Davlat universiteti anjumanlar saroyida keng nishonlandi.

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Turism va sport vaziri, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimovning to’g’ridan-to’g’ri onlayn shaklda ishtirok etib tabrik so’zi yo’lladi.    

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Ahmadjon Soliev universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodovning tabrigini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

    Shundan so‘ng, universitet Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan Jo‘liboy Eltazarov hayoti va faoliyati haqidagi film namoyish etildi.

    Shuningdek, bir qator nufuzli mehmonlar:

    Muslihiddin Muhiddinov - Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi.

    Suyun Karimov – filologiya fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi

    Rustam Qobilov – Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.

    Komiljon Rashidov – Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i.

    Alparslon Akimji - Turkiya elchixonasi madaniyat attashesi.

    Jasur Rizaev - Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor.

    Turg‘un Ko‘chkunov - Forishlik mehnat faxriysi.

    Jozef Hoffman - Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori o‘zlarining samimiy tilak va dil izhorlarini bildirdilar.

    Tadbir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda davom etdi.

    Jo‘liboy Eltazarov tadbir yakunida barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirar ekan, o‘z umrining teng yarmini Samarqand davlat universitetida o‘tkazganini va hozirgi kunda “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rivojlantirish va turizm va madaniy meros sohalarida mamlakatimiz uchun etuk kadrlar tayyorlashda o’z hissasini qo’shishdan baxtiyor ekanligini ma’lum qildi. Tadbir davomida dunyoning bir necha xorijiy mamlakatlaridan, jumladan Turkiya davlatidan vakillar onlayn tarzda ishtirok etdilar va olimga o’z tilaklarini bildirdilar.

O'qilgan 2772 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}965{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar