×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 29 Dekabr 2021 12:22

Erasmus+ uslubiy seminari

2021-yil 28-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta’lim sohasidagi grant dasturlari bo‘yicha uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda universitet tadqiqotchilari bilan bir qatorda boshqa universitetlar vakillari ham ishtirok etishdi.
Yevropa Ittifoqining eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli dasturi sifatida eʼtirof etilgan Erasmus+ dasturi taʼlim, sport va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalaridagi loyihalar, hamkorlik, turli xil tadbirlar va mobillikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Tadbirning maqsadi:
• 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida 2022 yilga mo‘ljallangan yangi tanlov va O‘zbekiston oliy ta’lim hamjamiyatiga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish shartlari, Erasmus+ loyihalarining joriy faoliyati va dasturning oliy ta'limni modernizatsiya qilishga bo’lgan hissasi haqida ma’lumot berish.
• Tempus yoki Erasmus+ dasturlarida avval ishtirok etmagan yangi universitetlarga loyihalarni ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish.

Seminar davomida universitet nomidan Erasmus+ grant dasturlariga hujjat topshirishga qaror qilindi.

O'qilgan 2282 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}971{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar