Yangiliklar: Dekabr 2022

Seshanba, 06 Dekabr 2022 09:17

IPAK YOʻLIDA CHOY ICHISH MAROSIMI

“Sadu” choy marosimi Yaponiyaning keng qamrovli, badiiy madaniyatidir. Marosim orqali mehmonlar shirinliklar, choy piyolalarini tanlash va ular uchun yaratilgan muhitga e’tibor va g‘amxo‘rlikni o‘rganadilar, mezbonning mehmondo‘stligini qadrlashadi.

Samarqanddagi yapon talabalari Yaponiyaning ushbu an’anaviy san’atini O‘zbekistonga olib kelish imkonini berdi. Yaqinda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Yapon tili klubining tadbiri sifatida choy ichish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar yapon yashil choyining ta’mi va rangidan bahramand bo‘lishdi (ular qanchalik YASHIL ekanligini bilib oldilar). Tadbir ishtirokchilarga yapon madaniyatini o‘rganish hamda yangi do‘stlar bilan tanishish imkonini berdi.

Shuningdek, xotin-qizlar uchun tayyorlangan Yukata (yoz uchun Kimono) burchagi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Kelgusi yilda o‘g‘il bolalar uchun ham xuddi shunday burchak tayyorlash rejashtirilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 05 Dekabr 2022 16:25

Diqqat E’lon

      2022-yil 7-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zou Tong Qian tomonidan universitetimiz professor o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda talabalari uchun xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini sifatini oshirish maqsadida webinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Webinarda Amerika Qo‘shma Shtatlari George Washington universiteti, Mehmondo‘stlik sanoati boshqaruvi hamda Biznes maktablari professori, Dr Larry Yu o‘zining Scopus va Google Schoolarda indexlanuvchi Tourism Management, Journal of Travel Research, International Journal of Hospitality Management, International Journal of Contemporary Hospitality Management, Tourism Geographies, Event Management, Journal of Hospitality Marketing and Management, Journal of Heritage Tourism, Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly, Journal of Hospitality and Tourism Research kabi top jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zining maruzasi bilan ishtirok etadi.

Webinar  o‘tkazilish vaqti: 17:00, 7-dekabr, 2022-yil

Webinar o‘tkaziladigan joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zali (108-xona).

Kategoriya E'lonlar
Dushanba, 05 Dekabr 2022 16:13

Diqqat E’lon

         2022-yil 10-dekabr kuni soat 10:30da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining katta anjumanlar zalida universitet huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Buxoro davlat universiteti mustqail izlanuvchisi Qodirov Azizjon Anvarovichning “Ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari” mavzusida yozilgan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar

“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Maxmudova Zarina tomonidan 1-kurs, Tour-121 guruhi talabalari uchun ochiq dars tashkil qilindi. Darsga Malika Praym mehmonxonasi menedjeri Anna Vladimirovna, Grand Samarkand Superior mehmonxonasi menedjeri Ismatova Zarnigor va Turizm menejmenti kafedrasi mudiri dots. v.b. Akmaljon Odilov va kafedraning professor-o‘qituvchilari taklif etildi.

Ochiq darsni “Turizm menejmenti” kafedrasi muduri, dots. v.b. Akmaljon Odilov ochib berib, ilm-fan amaliyot bilan uyg’un holatda tashkil etilishining zarurati haqida fikr bildirdi.

Ochiq dars talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni malakali soha mutaxassislari bilan muhokama qilib olishga imkon yaratdi. Shuningdek, har ikkala menedjerlar o‘z faoliyatlariga oid talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Dars so‘ngida mehmonlar talabalarni ochiq dars davomida muhokama qilinganlarning barchasini mehmonxonaning o‘zida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zlari faoliyat olib borayotgan mehmonxonaga amaliy tashrif bilan borishga chaqirdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 02 Dekabr 2022 21:06

Abiturientlar diqqatiga!

Hurmatli abiturientlar, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Sizlarga Magistraturaga mutaxassisliklariga bahorgi semestr uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlanganini e’lon qiladi!

 “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ipak yo‘lida joylashgan davlatlar, ShHTga a’zo davlatlar  va Turkiy davlatlar tashkiloti  fuqarolariga 1 yillik Magistratura mutaxassisliklari uchun kvota-grant o‘rinlari  ajratilganini va qabul jarayoni boshlanganini e’lon qilib, o‘qishga taklif qiladi.

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:

  1. Logistika (turizm yo‘nalishi bo‘yicha);
  2. Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha);
  3. Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash;
  4. Menejment (Madaniy meros sohasi bo‘yicha);
  5. Ijodiy sanoat;
  6. Arxeologiya;

Hujjatlarni qabul qilish universitetning rasmiy veb-sayti: admissions.univ-silkroad.uz orqali 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-yanvargacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib boriladi, shu sababli qabul jarayonida ingliz tili bo‘yicha yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikatlariga, jumladan IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo‘yicha kamida B2 va undan yuqori ko‘rsatkichli xalqaro sertifikatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori) to‘g‘risidagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet qabul komissiyasining elektron pochta manziliga (Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.) yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 66 240-67-70

+998 66 240-86-16

+998 66 240-67-86

+998 66 240-86-06

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tanlab, Siz ishonchli kelajakni tanlaysiz!

Kategoriya E'lonlar

Oʼzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sophie Ibbotson 1 dekabr kuni “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Faxriy mehmonni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi farmoniga muvofiq o’tqazilayotgan “2022-yil 30-noyabr – 2-dekabr kunlari o‘tkaziladigan “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida 1 dekarb kuni Rossiya Federatsiyasining ATOR a’zolari “Ipak Yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kutib oldi. Universitetning noyob smart-kampusi, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan boshqaruv modeli va ilg‘or texnologiyalar, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlariga boy unikal galereya, hamda universitetning innovatsion kutubxonasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida universitet talabalari hamda tyutorlar ishtirokida " Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida "Ma’rifat inson ma’naviyatining cho‘qqisi bo‘lsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir" mavzusidagi ijtimoiy-axloqiy video-rolik namoyish etildi va undan talabalar o'zlari uchun yetarlicha xulosa oldilar. Tadbir doirasida aytib o'tilgan fikr-mulohazalardan esa talaba-yoshlar O‘zbekistonda jamiyatni tubdan yangi demokratik asoslarda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bevosita bog‘liq ekanligini chuqur anglab yetishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan bugun Samarqand shahrida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida yurish marafoni tashkil etildi. Yurish marafonida universitet jamoasi ham ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 4 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar