Shanba, 25 Dekabr 2021 14:12

Erasmus+ dasturi bo'yicha seminar

2021-yilning 28-dekabr kuni soat 9:30 dan 12:30 gacha “Ipak yo‘li” Turizm va madaniy meros xalqaro universitetining anjumanlar zalida Erasmus+ dasturi doirasida loyihalarni tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha uslubiy seminar bo‘lib o‘tadi
Juma, 24 Dekabr 2021 13:23

Qozog'iston delegatsiyasining tashrifi

Bugun, 24-dekabrda Qozog‘iston Republikasining Turkiston shahrida joylashgan Turizm va mehmondo‘stlik xalqaro universiteti vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrifdan maqsad ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amaliy chora tadbirlarni amalga oshirish, ikki universitet o‘rtasida talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ikki tomonlama muzokaralarda…
Universitet xalqarolashtirish va strategik rivojlanish boʻyicha birinchi prorektori, professor Eltazarov J.D turli nominatsiyalar bo‘yicha eng faol o‘quvchilarni faxriy yorliqlar, shuningdek, talabalar sovg‘alari bilan taqdirladi. Ushbu nominatsiyaga bu yil jami 25 nafardan ortiq talaba tanlab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli qaror ijrosi bo‘yicha universitet huzuridagi kollej va texnikumlari rahbarlariga 23-24 dekabr kunlari yuqori darajadagi seminarlar tashkillashtirilmoqda. Mazkur seminarlarda universitet huzuridagi kollej va texnikumlar direktorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.…
"O'zbekiston Yoshlari Forumi-2021" doirasida Joriy yilning 21-dekabr kunida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini amalga oshirish, ularning innovatsion tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O'zbekistonda yoshlar bandligiga komaklashish” qo‘shma loyihasi doirasida "Eng istiqbolli 40 startap loyihalari" ko'rgazmasi va…
Joriy yil 20-21dekabr kunlari Buxoro shahrida II Xalqaro yoshlar turizm forumi oʻtkazildi. Loyiha tashabbuskori Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi bo'lib, onlayn-forumda 10 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad mahalliy va xorijiy mutaxassislar va talabalarning yuqori salohiyatli ilmiy ishlanmalari, start-up loyihalarini aniqlab, hayotga tadbiq etish…
188 dan 292 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar