Friday, 22 November 2024 10:49

MUHAMMAD ALI

Adib hayoti haqida. 1942-yil 1-martda Andijon viloyatining Bo‘ston tumani Beshkal qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida Navoiy nomidagi o‘rta maktabni bitirdi. so‘ngra Bekobod qum-shag‘al karerida saralovchi(sortirovщik) щN ishladi. Moskvadagi A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi(1960-66). Bir yil akademik otpusk davrida Andijon va Farg‘ona viloyatlari maktablarida o‘qituvchilik qildi(1962- 63).

  • Adibning faoliyati haqida. Moskvadan qaytgach, Toshkentda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim (1966), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir(1967), bo‘lim mudiri (1969-1982), Bosh muharrir (1982-85), O‘zbekiston televideniesida Bosh muharrir (1985-88), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima va adabiy aloqalar markazi raisi (1989-93), O‘zbekiston Milliy universitetida professor (1993), etika va estetika kafedrasi mudiri (1994-96), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda o‘zbek adabiyoti redaksiyasi mudiri (1997-99) Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamg‘armasi raisi(1999-2003), Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi boshqaruvi raisi (2003-2013), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida (2013-2018) faoliyat ko‘rgizdi. 2018-yildan Toshkent Davlat universiteti professori, universitetdagi “Mangu bitik” adabiyot to‘garagi rahbari, 2021-yil-maydan Xalqaro Amir Temur xayriya fondi raisi bo‘lib ishlab kelmoqda. U ayni paytda “Temurbeklar maktabi” Bosh o‘qituvchisi, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi a’zosi.
  • Adib ijodi haqida. Muhammad Ali adabiyotga yigirmanchi asrning 50-yillari oxirida kirib keldi. Dastlabki she’ri o‘n besh yoshida 1957-yil 17-fevralda “Qizil O‘zbekiston” gazetasida bosilgan edi. Ayni paytgacha adibning turli tillarda turli janrlarda nazm, nasr va tarjimalardan iborat 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan. 1997-yilda o‘n ming nusxada “Saylanma” kitobi bosilib chiqdi. 2011-12-yillarda adibning ko‘p tomlik “Tanlangan asarlar”i nashr etila boshlandi. Hozirgacha dastlabki ikki tomi o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. 2016-yilda shoirning she’r va dostonlaridan iborat “Ko‘ngil naylari” nomli yangi kitobi dunyo yuzini ko‘rdi. Muhammad Ali ijodida yirik she’riy janrlarda bitilgan “Mashrab”(1966), “Gumbazdagi nur”(1967), “Beshgul”(1969), “Mehr va Vafo”(1975), “Avliyoning bashorati”(2010) dostonlari, Dukchi Eshon(uning nomini aytib bo‘lmas edi), Andijon va Jizzax qo‘zg‘olonlariga bag‘ishlangan “Boqiy dunyo”(1970-79) she’riy romani ko‘rkam joyni egallaydi. Muhammad Ali yetakchi publitsist- esseistlardan biri sifatida dadil qalam tebratib kelmoqda. “O‘z-o‘zingni anglab yet”(1988), “Haqiqatdan chekinma, Tarix!”(1990), “Qafasdagi bulbullar”(1996) “Amir Temur chamani”(2003), “Amir Temur va Yildirim Boyazid” (2006), “Tarix saboqlaridan xulosa chiqarib yashaylik”(2014), “Amir Temur va Alisher Navoiy”(2015), “Hazrat Navoiyning sirli olami”(2022), “Ona tariximizning shoh asari”(2022) nomli esselarida tariximizning dolzarb masalalari haqida dadillik bilan bahs ochadi. Chunonchi, mustamlaka davrida yozilgan, katta shov- shuvlarga sabab bo‘lgan “O‘z-o‘zingni anglab yet” essesida adib jasorat bilan 1985-89-yillarda nohaq zulmu tazyiqlar ostida qisinib qolgan ona xalqini o‘z-o‘zini anglab yetishga, tarixi ulug‘ xalq ekanini hamisha yodda tutish va undan madad olishga chaqirdi, boshini baland ko‘tarib yurishga undadi.
  • Adibning eng sara va mashhur asarlari ro‘yxati: ”Oshiq bo‘lmay Haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas”(1992), “Men ko‘rgan Amerika”(2000), “Amir Temur chamani”(2006), “Ulug‘ ajdodlardan meros shijoat”(2012) kitoblari.
  • Adibning film (serial, hujjatli film) bo‘lgan asarlari: -
  • Adibning qo‘shiq bo‘lgan asarlari: -
  • Adibning spektakl bo‘lgan asarlari: “Ulug‘bek Mirzoning so‘nggi kuni”(2001), “Masposhsho va Oyparcha”(2002), “Hindiston malikasi”(2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015), “Bibixonim”(2023) tarixiy dramalari ham Muhammad Ali qalamiga mansubdir. Xususan, “Navoiy va Boyqaro” dramasida muallif ikki buyuk shaxs Sulton Husayn Boyqaro bilan Alisher Navoiylarning buyuk do‘stligini san’atkorona yoritishga erishdi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqardi. “Navoiy va Boyqaro” Farg‘ona viloyati drama teatrida(1916) va Qozog‘istonning Chimkent viloyati drama teatrida(2017).
  • Adibning qanday mukofotlari mavjud: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti (1976), Berdak nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), Xalqaro Xoja Ahmad Yassaviy mukofoti(1994), «Mehnat shuhrati» ordeni(1999), «Mustaqillikka 15-yil» ko‘krak nishoni(2006), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati(2007), «Mustaqillikka 20-yil» ko‘krak nishoni(2011), “El-yurt hurmati” ordeni(2014), «Mustaqillikka 30-yil» ko‘krak nishoni(2021), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi(2021), Xalqaro Turkiy Akademiyaning “Alisher Navoiy” oltin medali(2021), Xorazm Ma’mun Akademiyasi Faxriy professori (2023)
  • Adibning so‘nggi chop etilgan kitobi (asari): 2023-yilda “Shajara” nomli yangi roman- essesi.
  • Adibning boshqa (qaysi) tillarga tarjima qilingan asarlari: -
  • Adib tarjima qilgan asarlar: “Jahongir Mirzo”(nashr yili 2003) romani 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib Turkiyada Istanbulda chop etildi.
  • Adibning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: undefined
  • Adib hayoti va ijodi haqidagi kitob va ilmiy asarlar:
  • Adib bilan bog‘lanish: 97 160-22-10

 

Read 22 times
Published in News

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks