Bugun 4 mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetining faollar zalida “Ayollari ardoqlangan yurt”shiori ostida bayram konserti bo'lib o'tdi. Talabalar, professor-o'qituvchilar, shuningdek, universitet ma'muriyati hamkorligida ushbu ajoyib bayram o'tkazildi.
Tadbir dasturi talabalar hamda erkak-xodimlar tomonidan namoyish etilgan turli xil chiqishlarga boy bo‘ldi. Universitet talabalar tomonidan muqaddas ayollarga, nafosatli qizlarga va albatta, mehribon onalarga bag‘ishlangan eng yaxshi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ruhdagi raqslar va rang-barang liboslar ko‘rgazmasi bilan hayratlanarli daqiqalar va ko‘ngil torlarini hayajonga keltiradigan muhit orqali tamoshabin ko‘ngillariga yo‘l topishdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan xotin-qizlarimizga qaratilgan minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bir necha bor yangradi. Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi.
Tadbirda yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!