×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 19 Sentyabr 2022 18:01

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi

Joriy yilning 16-sentabr kuni ShHT sammiti doirasida Hindiston delegatsiyasi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya OTM faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, universitet kutubxonasiga Hindiston Bosh vaziri nomidan siyosat, iqtisodiyot, turizm, madaniyat, tarix, meʼmorchilik va boshqa sohadagi mamlakatning turli jihatlarini qamrab oluvchi Hindiston haqidagi 200 dan ortiq kitoblarni taqdim etdi.

Qayd etish joiz, kitoblarning taqdim etilishi madaniy diplomatiyani rivojlantirishga yorqin misol boʻlib xizmat qiladi, shuningdek, taʼlim va turizm sohasida oʻzbek-hind munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshadi.

Hozirda universitet kutubxonasida madaniy merosni saqlab qolish uchun kitoblarning noyob toʻplami yigʻilgan. Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri va “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov boshchiligida kutubxonaga qisqa muddat ichida turizm, sanʼat, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisodiyot, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorchilik, madaniy meros kabi yoʻnalishlar boʻyicha dunyoning turli burchaklarida bosib chiqarilgan 20 mingga yaqin kitoblar yetkazildi. Shuningdek, universitet kutubxonasida 100 mingdan ortiq kitoblar elektron koʻrinishda taqdim etilgan.

O'qilgan 2717 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1269{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar