×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 31 Yanvar 2023 11:40

Xayr, stress!

Joriy yilning 30-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva qishning sovuq kunlarida jamoadoshlari qalbiga iliqlik bag‘ishlash va ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Xayr, stress!” nomli motivatsion trening tashkil qildi.

          Qiziqarli tarzda o‘tgan tadbirda zamonaviy kishi hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan stressning biz uchun ijobiy (Ajablanayapsizmi? Aslida ham shunday!) tomonlari, undan xalos bo‘lish usullari haqida gapirildi. Turli relaksatsion mashqlar, to‘g‘ri nafas olish gimnastikasi ichki zo‘riqishning oldini oluvchi, emotsional balans va xotirjamlikka eltuvchi ajoyib vosita bo‘ldi. Trening davomida o‘zaro guruhiy munosabatlarni yaxshilashga erishish, guruhda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan rolli va harakatli o‘yinlar barcha ishtirokchilarga pozitiv kayfiyat ulashdi. “Qalqon” metodikasi har bir kishining ayni damdagi ruhiy holatini ochib, emotsional-hissiy sohadagi buzilishlar, aybdorlik hissini psixokorreksiya qilishda yordam berdi.

Ish unumdorligi, birinchi navbatda, insonning ruhiy holatiga bog‘liq. Zero, qalb xotirjam, ruhiyat sog‘lom bo‘lsa, qolgan barcha faoliyati samarali va ijobiy kechadi. Dildora Turdiyeva tomonidan o‘tkazilgan motivatsion trening maqsadi ham shu edi.

O'qilgan 2437 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1443{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar