“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari va universitet o‘qituvchisi Obid Nabiyev rahbarligida
“Xitoy bahori bayrami” tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 2 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida tashkil etilgan bayram tadbiri davomida talaba-yoshlari tomonidan Xitoy milliy raqs va qo‘shiqlari, milliy urf-odatlaridan parchalar namoyish etildi.
Xitoy taqvimiga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil 22 yanvarda boshlanishini bilasizmi?
- Bilamizki, Xitoy takvimiga ko‘ra, har-bir yilning o‘ziga yarasha talqin etadigan jonivori bor. Xitoyliklarning oy-quyosh taqvimidagi Yangi yil grigoryan taqvimiga ko‘ra kechroq kirib keladi. Albatta, Xitoyda grigoryan taqvimidan ham foydalanishadi, lekin Xitoyda udum bo‘lgan bayramlar sanasi xitoy taqvimiga ko‘ra belgilanadi. Bu bayramlar qatoriga Xitoy Yangi yili ham kiradi, u bahor bayrami deb ham hisoblanadi. Grigoryan taqvimiga kiritilgandan keyin uni YEvropadagi Yangi yildan alohida holda shunday atay boshlashgan. Bilamizki, 1yanvar-Yangi yil boshlanishi bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik xalqlarda Yangi yil aynan bahorda bo‘ladi, tabiatning qishki uyqudan uyg‘onishiga to‘g‘ri keladi. Udumga ko‘ra, Xitoyda Yangi yil - yangi oy chiqishidan to birinchi oy siklining tugashigacha qishki quyosh turishi mavsumiga to‘g‘ri keladi. Grigoryan taqvimiga ko‘ra, Xitoy Yangi yili 21yanvar va 21 fevral oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Azaldan Xitoyda Yangi yil asosiy va eng uzoq davom etadigan bayram bo‘lgan. Xitoy Yangi yilini faqatgina Xitoy mintaqasidagina emas, balki Gonkongda, Makaoda, Tayvanda, Bruneyda va Indoneziyada, umuman xitoy aholisi yashaydigan barcha yerlarda nishonlanaydilar. Yangi yilga bag‘ishlangan bayram marosimlari 2 haftaga cho‘ziladi va fonuslar bayrami bilan yakunlanadi. Xitoy Yangi yili birinchidan – oilaviy bayram. Garchand, inson uzoq yillar davomida yolg‘iz yashasada, imkon qadar bu bayramni ota-onasi va oilasi bilan o‘tkazishi shart. Yangi yildan oldin Xitoyda temir yo‘l kassalarida chiptalarga navbat ko‘p bo‘ladi, shuning uchun chiptalarni oldindan olish kerak. Yangi yil kechasida dasturxon bayramona, to‘yimli va mo‘l bo‘ladi. S tolda albatta tovuq, baliq, soyali pishloq bo‘ladi, chunki bu masalliqlarning nomi Xitoy tilidagi “farovonlik” va “baxt” so‘zlariga yaqin uyg‘unlikni bildiradi. Mamlakatning shimoliy qismida bayramda chuchvaralar iste’mol qilishadi. Janubda esa “nyan gao” deb nomlangan taom iste’mol qilinadi. Bu taom yopishqoq guruch bo‘lakchalaridan bo‘lib, ular yildan yilga hayotni yaxshilanishini ramzidir. Xitoy Yangi yilida tuni bilan hech kim uxlamaydi. Bu marosim “shou suy” – “yilni saqlamoq” deb nomlanadi.
Xitoyliklar eshik yondoriga yangi yil tilaklari yozilgan qizil qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yishadi. Bundan tashqari, eshikka teskari qilib baxt iyeroglifi yopishtiriladi.Yangi yilning birinchi kunida mushakbozlik va xushbo‘y hidli cho‘pchalar yoqiladi. Yangi yilning birinchi 5 kunida do‘stlar, sinfdoshlar, qarindoshlar,hamkasblar bilan uchrashib, ularni bayram bilan tabriklaydilar, lekin Yangi yilda sovg‘a taqdim qilinmaydi. Biroq,bolalarga “ya-suy-syan”sovg‘a qilinadi - maxsus qizil konvertlarda pul beriladi. Qadimiy an’anaga ko‘ra, Yangi yilning 15 kuni davomida uyga kelgan har bir bolaga pul sovg‘a qilinadi.