“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 2023-yil 10-mart kuni universitetga qarashli Samarqand shahridagi O‘zbekiston маhаllasi xotin-qizlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova so’zga chiqib, kelajak avlod tarbiyasi, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila iqtisodi, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilish borasidagi fikrlarini bildirdi. Shuningdek, bugun xotin-qizlarimizning haq-huquqlari davlat himoyasida ekanligi va Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati hamda bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda oliy ta‘lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va unda yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida to’xtab o‘tildi. Chunonchi, jahon standartlariga mos, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, sport inshootlari bilan ta‘minlangani, xalqaro toifadagi professor-o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilayotgani, katta kutubxona fondiga ega bo‘lgani, talabalarning sifatli ta‘lim olishlari uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan “aqqlli” unversitet yaratilganligi to’g‘risida batafsil ma‘lumot berildi.
Universitetning axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova esa O‘zbekiston маhаllasi xotin-qizlari, yoshlar va bolajonlarini universitetda tashkil etilgan ARM, sport va fan to‘garaklarida ishtirok etishga chaqirdi va ular haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitet psixologi D.Turdiyeva xotin-qizlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida psixologik yordamning nechog’lik muhimligi haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayeva ham unversitetning istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy munosabat bildirdi.
Davra suhbati davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.