Urbanizasiya jarayoni jadallashib, shaharlar kengayayotgan, aholi soni o‘sayotgani va uning ehtiyojini qondirish uchun millionlab turdagi tovarlar ishlab chiqarilayotgan bir paytda, chiqindilarni qayta ishlash va ularning utilizasiyasi eng katta ekologik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Chiqindilar sektori iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikni nobud bo‘lishi xamda atrof muhitni ifloslanishga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ekologik namuna burchagi” tashkil etildi. Ushbu burchakda 18 tadan iborat bo‘lgan jadval ya’ni atmosferaga va zarar yetqazadigan chiqindini qancha vaqt davomida yashashini ko‘rsatadi.
“Ekologik namuna burchagi” to‘g‘risida yosh talabalarga tanishtiruv, amaliy seminar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu boradagi tashabbuslar chiqindilarni to‘g‘ri boshqarishga, ularning hosil bo‘lishini minimallashtirish va ekologik inqirozning oldini olishga, inson salomatligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradi.