Juma, 16 Iyun 2023 17:13

“Madaniy meros yodgorliklarni saqlash va arxeometriyaning ayrim masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilishi to‘g‘risida

Joriy yilning 21-iyun sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Northwest universiteti professori, Salento madaniy meros va san’at maktabi dekan o‘rinbosari, NWU universiteti Madaniy meros maktabi dekan o‘rinbosari, doktorantura bosqichi tadqiqotchilari uchun ilmiy maslahatchi Yang Luning ishtirokida “Madaniy meros yodgorliklarni saqlash va arxeometriyaning ayrim masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar tashkil etilishidan maqsad universitetda tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura va doktoratura bosqichi talabalarini ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb qilish va ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish hamda Northwest Universitetidagi grantlar haqida  ma’lumot berishdan iborat.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 21-iyun, soat 14:30

Seminar o‘tkazilish joyi: universitet binosi 229-xona

 

O'qilgan 915 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar