×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 26 Yanvar 2024 15:30

Universitetimizda “Yil sarhisobi” Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya bo‘limi misolida     

Ma’lumki, mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda ushbu nizomning 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari” (Adliya vazirligi tomonidan 3214 - son bilan 2020-yil 27-yanvarda davlat ro‘yxatiga olingan) asosida amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Attestatsiya - lotincha attestātio “guvohlik berish”, “tasdiqlash” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim tashkilotining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlari hamda davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Akkreditatsiya - lotincha accredo, “ishonmoq”, “ishonch bildirmoq” so‘zlaridan olingan bo‘lib, bu ta’lim muassasalari faoliyati davlat ta’lim standartlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqini beradi.

Mazkur Nizomda “yangi tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari ular tashkil etilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi”. “Belgilangan muddatlar tugaganidan so‘ng ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tkazilishi shart” ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga muvofiq, universitetimiz faoliyatini boshlaganligiga 5 yil to‘lganligi sababli universitetni attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi tomonidan 2022-yil 22-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza bilan murojaat qilinib, respublika OTMlarini 2023-yilda attestatsiyadan o‘tkazish rejasiga universitetni kiritish so‘raldi. Mazkur arizaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2022-yil 27-oktabrdagi “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 306-son buyrug‘i asosida universitetimiz 2023-yilda tashqi baholashdan o‘tkazish bo‘yicha respublika rejasiga kiritildi. Mazkur buyruq asosida universitetning 2022-yil 9-noyabrdagi 264-sonli buyrug‘i tayyorlanib, mazkur buyruq asosida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha universitetning oxirgi ikki yillik faoliyatini kompleks tahlil qilish asosida ichki baholashdan o‘tkazildi. Ichki baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklar ishchi guruhi tomonidan joyida bartaraf etilib, ichki baholash natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-apreldagi “Ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 97-son buyrug‘i asosida 2023-yil 22-31-may kunlari universitetimiz faoliyatini Tashqi baholashdan o‘tkazilishi belgilab berildi. Tashqi baholash jarayoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda ushbu nizomning 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari” asosida o‘tkazildi.

undefined

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-noyabrdagi “Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha nazorat ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 492-son buyrug‘i asosida 2023-yil 20-21-noyabr kunlari universitetimiz talabalarining fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi)ni aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan test sinovi natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

 

Talabalarning fan dasturlarini o‘zlashtirish darajasi (bilimi) bo‘yicha

o‘tkazilgan nazorat ishlari

NATIJALARI

Ta’lim yo‘nalishlari va

mutaxassisliklar

Talabalar soni

Test sinovlarida ishtirok etgan talabalar soni

Ijobiy baholanganlar

soni

%

Bakalavr

1

Turizm (xalqaro va ichki turizm)

225

225

204

90,7

2

Turizm faoliyatida logistika

27

27

27

100,0

3

Turizm sohasida marketing

48

48

48

100,0

4

Ommaviy tadbirlar menejmenti

18

18

18

100,0

Magistratura

1

Ijodiy sanoat (Creative Industry)

4

4

4

100,0

2

Turizm (xalqaro va ichki turizm)

4

4

4

100,0

Tashqi baholash komissiyasi xulosasiga ko‘ra, tashqi baholashga jalb etilgan va ijobiy baholangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining umumiy soni 78%ni tashkil qilganligi sababli “Attestatsiyadan o‘tdi” deb e’tirof etildi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Attestatsiyadan o‘tdi” deb baholandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tashqi baholash xulosasi” universitet Senatida ko‘rib chiqildi va universitetni Tashqi baholash natijalari bo‘yicha xulosasida keltirilgan kamchiliklar va muammolarni barataraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

undefined

O'qilgan 347 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2156{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar